Jamiyat paydo boʻlgandan beri, unda tabaqalanish bor. Insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida jamiyat turli belgilarga qarab tabaqalanganlar: jamiyat aʼzolari jismoniy, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy yoki boshqa belgiga qarab sinflarga ajragan. Tabaqalanish mezonlari xilma-xil boʻlganini tan olgan holda, jamiyat tarixini umumiy jihatlarga ega davrlarga ajratish mumkin.… Toʻliq matn

Soʻnggi bir yarim yilda Oʻzbekistonda roʻy bergan siyosiy-ijtimoiy oʻzgarishlar, Mirziyoyevning mintaqaviy va xalqaro siyosatga mutlaqo yangicha yondashuvi dunyo hamjamiyatida katta qiziqish, umid – va baʼzi hollarda hadik uygʻotmoqda. Markaziy Osiyodagi bugun biz kuzatayotgan birdamlikka intilish harakati global va mintaqaviy kuchlarni ularning bu hududga katta eʼtibor bermaslik yondashuvini qayta koʻrib chiqishga majbur qilmoqda.… Toʻliq matn

Demokratiya nima? Bunga turli falsafa va qarash egalari turlicha javob beradi. Kimdir demokratiya bu har kim istaganini qilib yashashi degan primitiv tushunchani yoqlasa, kimdir demokratiyani “xalq hokimiyati” deb rasmiy va mavhum taʼriflashdan nariga oʻtmaydi. Xoʻsh, demokratiya nima aslida? Uni yaxshi tushunish uchun avval demokratiya nima emasligini aniqlab olaylik.… Toʻliq matn

Har qanday jamiyat farovonligida ijtimoiy tenglik tamoyili juda muhim oʻrin tutadi. Bu tamoyil aholining turli qatlamlariga berilgan iqtisodiy va ijtimoiy imkoniyatlar keskin farq qilmasligi kerakligini taʼkidlaydi. Hatto oʻta kapitalistlashgan jamiyatlarda ham daromadlar aholining turli qatlamlari oʻrtasida nisbatan teng taqsimlanishiga qaratilgan siyosat olib boriladi.… Toʻliq matn

Adam Smitning davlat nazoratisiz oʻz-oʻzini taʼminlaydigan erkin bozor haqidagi gʻoyalari asosida klassik iqtisod nazariyasi shakllandi va amalda qoʻllandi. Unga koʻra, yalpi taklifdagi (aggregate supply) oʻzgarishlar oʻzini oʻzi toʻgʻrilash xususiyatiga ega. Klassik iqtisodchilar yalpi taklif tushsa, ishsizlik kelib chiqadi, bu esa maoshlar va narxlarni pasaytiradi, natijada mahsulot, xizmat va ishchi kuchiga boʻlgan yalpi talab ortadi va bu ishsizlikni kamaytirib, iqtisodiy oʻsishni avvalgi holiga qayta tiklaydi deb hisoblashgan.… Toʻliq matn