Asosiy

Bozorni boshqarish kerakmi? 1-qism: Smitcha yondashuv

Bozor iqtisodini nega aynan “bozor iqtisodi” deb ataymiz? Chunki bunday tuzumda iqtisodiy faoliyat yo‘nalishi va hajmini aynan bozor kuchlari – talab va taklif belgilab beradi. Nima, qanday va qancha ishlab chiqarilishi, qanday narxda sotilishini bozordagi shu mahsulot yoki xizmatga bo‘lgan talab va taklif hal qiladi.… Toʻliq matn

Ishsizlik va inflyatsiya: kim kimdan o’zadi?

Bozor iqtisodiyoti nazariyasida ishsizlik va inflyatsiya bir biriga teskari bog’langan. Ishsizlik qancha katta bo’lsa, inflyatsiya shuncha tushishi va aksincha – bandlik ortishi narxlar ko’tarilishiga olib kelishi ko’zda tutilgan. Bu ish bilan ta’minlangan aholi iste’moli ortishi sabab ortadigan talab narxlarni ko’tarishi, ishsizlik tufayli daromadi kamaygan aholi yalpi talabi tushushi va bu narxlarni ham pastga olib tushishi bilan izohlanadi.… Toʻliq matn

Aholi o’sishi va iqtisodiy farovonlik

Xalqimiz – juda bolajon xalq. Farzandlarimiz biz uchun eng aziz ne’matdir. Nuroniylarimiz bejizga «serfarzand va serdavlat bo’lgin» deb duo qilishmaydi.

Aholi o’sishi umumiy jamiyat iqtisodiy farovonligiga bevosita ta’sir qiladigan omil. Xalqning qanchalik farovon yashashi aholining o’sish darajasiga ma’lum darajada bog’liq.

Aholi – bu avvalo iste’molchilardir.… Toʻliq matn

Ommaviy telbalik: spekulyatsiya va iqtisodiy pufaklar

Iqtisodda turli ijtimoiy omillar taʼsirida tinimsiz tebranishlar boʻlib turadi. Bu tebranishlarning aksari sof iqtisodiy asosga ega boʻlib, ular obyektiv iqtisodiy oʻzgarishlar natijasida yuzaga keladi.

Ammo iqtisod tarixida subyektiv omillar natijasida kelib chiqqan iqtisodiy tebranishlar ham koʻp kuzatilgan. Bunday tebranishlar ortida barcha hollarda spekulyatsiya va ommaviy telbalik turadi.… Toʻliq matn

Samarali iqtisod: mehnat taqsimoti

Iqtisodning asosiy maqsadlaridan biri maksimal samaraga erishish. Bu tamoyil mavjud resurslardan imkoni boricha naf olishga xizmat qiladi. Mehnat – eng katta ekonomik resurs hisoblanadi. Undan samarali foydalanish, uni eng optimal usulda ishlatish juda katta iqtisodiy naf olib keladi.

Insonlarning mehnat qobiliyatlaridan oqilona foydalanishning bugunga qadar tan olingan eng yaxshi usuli – bu mehnat taqsimotidir.… Toʻliq matn