Skip to content

ijtimoiy farovonlik

Korrupsiyaga “nomaʼnaviy” baho: uch boshli ajdar

Pora olish-berishni rasman dunyoviy va diniy qonunlar ham qoralaydi. Lekin, nimagadir, odamlar bu illatga ega boʻlishdan unchalik choʻchimaydilar ham, bundan xalos boʻlishga intilmaydilar ham. Xoʻsh, nega biz bu ish “jinoyat” yoki “gunoh” ekanidan qoʻrqmaymiz?

Chunki korrupsiya – bu iqtisodiy fenomen. Odamlar “yomon” yoki “tuban” boʻlganliklari uchun poraxoʻr boʻlmaydilar – odamlarga shu yoʻl bilan daromad topishga imkon berilgani uchun shunday qiladilar.… Toʻliq matn

Ijtimoiy tenglik: nazariya va amaliyot

Har qanday jamiyat farovonligida ijtimoiy tenglik tamoyili juda muhim oʻrin tutadi. Bu tamoyil aholining turli qatlamlariga berilgan iqtisodiy va ijtimoiy imkoniyatlar keskin farq qilmasligi kerakligini taʼkidlaydi. Hatto oʻta kapitalistlashgan jamiyatlarda ham daromadlar aholining turli qatlamlari oʻrtasida nisbatan teng taqsimlanishiga qaratilgan siyosat olib boriladi.… Toʻliq matn

Ishsizlik va inflyatsiya: kim kimdan o’zadi?

Bozor iqtisodiyoti nazariyasida ishsizlik va inflyatsiya bir biriga teskari bog’langan. Ishsizlik qancha katta bo’lsa, inflyatsiya shuncha tushishi va aksincha – bandlik ortishi narxlar ko’tarilishiga olib kelishi ko’zda tutilgan. Bu ish bilan ta’minlangan aholi iste’moli ortishi sabab ortadigan talab narxlarni ko’tarishi, ishsizlik tufayli daromadi kamaygan aholi yalpi talabi tushushi va bu narxlarni ham pastga olib tushishi bilan izohlanadi.… Toʻliq matn

Aholi o’sishi va iqtisodiy farovonlik

Xalqimiz – juda bolajon xalq. Farzandlarimiz biz uchun eng aziz ne’matdir. Nuroniylarimiz bejizga «serfarzand va serdavlat bo’lgin» deb duo qilishmaydi.

Aholi o’sishi umumiy jamiyat iqtisodiy farovonligiga bevosita ta’sir qiladigan omil. Xalqning qanchalik farovon yashashi aholining o’sish darajasiga ma’lum darajada bog’liq.

Aholi – bu avvalo iste’molchilardir.… Toʻliq matn