Skip to content

samaradorlik

GM monopoliyasi: bu proteksionizm nimani himoya qilyapti?

Bugun koʻpchilik avtohavaskorlarni ijtimoiy faol boʻlib, erkin fikr bildirishga undayotgan mavzulardan biri bu GM monopoliyasini tugatishga boʻlayotgan kichik-kichik qadamchalar.

Prezident GM faoliyatini tanqid qilganidan keyin, Monopoliyaga qarshi kurash qoʻmitasi “birdan” uning ishi aslida nima ekanini eslab qolib, shu sunʼiy monopoliyani tugatish shijoati bilan yona boshladi.… Toʻliq matn

Bozorni boshqarish kerakmi? 2-qism: Keynescha yondashuv

Adam Smitning davlat nazoratisiz oʻz-oʻzini taʼminlaydigan erkin bozor haqidagi gʻoyalari asosida klassik iqtisod nazariyasi shakllandi va amalda qoʻllandi. Unga koʻra, yalpi taklifdagi (aggregate supply) oʻzgarishlar oʻzini oʻzi toʻgʻrilash xususiyatiga ega. Klassik iqtisodchilar yalpi taklif tushsa, ishsizlik kelib chiqadi, bu esa maoshlar va narxlarni pasaytiradi, natijada mahsulot, xizmat va ishchi kuchiga boʻlgan yalpi talab ortadi va bu ishsizlikni kamaytirib, iqtisodiy oʻsishni avvalgi holiga qayta tiklaydi deb hisoblashgan.… Toʻliq matn

Samarali iqtisod: mehnat taqsimoti

Iqtisodning asosiy maqsadlaridan biri maksimal samaraga erishish. Bu tamoyil mavjud resurslardan imkoni boricha naf olishga xizmat qiladi. Mehnat – eng katta ekonomik resurs hisoblanadi. Undan samarali foydalanish, uni eng optimal usulda ishlatish juda katta iqtisodiy naf olib keladi.

Insonlarning mehnat qobiliyatlaridan oqilona foydalanishning bugunga qadar tan olingan eng yaxshi usuli – bu mehnat taqsimotidir.… Toʻliq matn

Iqtisod nazariyasi: kamayib boruvchi qo’shimcha naf

Biznes iqtisodining asosiy maqsadi mavjud resurslardan samarali foydalanish. Har qanday biznesning moliyaviy, moddiy va mehnat (ishchi) resurslari cheklangan boʻladi va tashkilot iqtisodchisining birlamchi vazifasi ana shu resurslardan optimal foydalangan holda, firma daromadini iloji boricha oshirish.

Bu vazifani bajarishda kamayib boruvchi qoʻshimcha naf qonunini hisobga olish iqtisodchiga juda qoʻl kelishi mumkin.… Toʻliq matn