Skip to content

iqtisod nazariyasi

Mulk va mulkdorlik

Iqtisodiy jarayonlarni mulksiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Odamning mulkka qanday munosabatda boʻlishi uning iqtisodiy xatti-harakatlarini belgilaydi. Biz bolalikdan mulkdorlik nimaligini bilamiz – oʻz oʻyinchoqlarimizga egalik qilish istagi bizdagi mulkdorlik hissiga tayangan.

Qadim tarixdan odamlar orasida mulkka uch xil munosabat bildirilgan. Birinchi yondashuvda mulk umuminsoniy boylik hisoblangan va unga hech kim egalik qilmagan.… Toʻliq matn

Iqtisodiy markazlashish – aysberglar nazariyasi

Bugun biz iqtisodiy markazlashishga guvoh boʻlyapmiz. Mamlakatimiz iqtisodiy barqarorligi borgan sari poytaxt Toshkentga bogʻliq boʻlib bormoqda. Bugun barcha yirik tashkilotlar oʻz idoralarini poytaxtda ochishmoqda. Hatto viloyatlarda asos solingan firmalar ham oxir oqibat bosh idoralarini Toshkentga koʻchirishga majbur boʻlmoqda.

Bunga bir nechta sabablar bor.… Toʻliq matn

Iqtisod nima o’zi?

Koʻpchilikdan “Iqtisod qanday soha?” deb soʻrasam, “Hisob-kitob qiladigan soha” degan javob olaman. Albatta, iqtisodni hisob-kitobsiz tasavvur qilish qiyin. Lekin iqtisod – ijtimoiy fan. U jamiyatshunoslikning bir qismi.

Iqtisod faniga darsliklarda keltirilgan taʼrifni chetda qoldirib, keling, unga oddiy tavsif berishga urinib koʻramiz.… Toʻliq matn