Skip to content

Iqtisod nazariyasi: kamayib boruvchi qo’shimcha naf

Biznes iqtisodining asosiy maqsadi mavjud resurslardan samarali foydalanish. Har qanday biznesning moliyaviy, moddiy va mehnat (ishchi) resurslari cheklangan boʻladi va tashkilot iqtisodchisining birlamchi vazifasi ana shu resurslardan optimal foydalangan holda, firma daromadini iloji boricha oshirish.

Bu vazifani bajarishda kamayib boruvchi qoʻshimcha naf qonunini hisobga olish iqtisodchiga juda qoʻl kelishi mumkin.… Toʻliq matn

Proteksionizm yoki erkin savdo

Azal-azaldan davlatning kuchi uning boyliklari bilan oʻlchangan. Davlatning iqtisodiy qudrati koʻp jihatdan xalqaro savdoga bogʻliq. Shu bois alohida milliy iqtisod uchun xalqaro savdoda qanday ishtirok etish maʼqul ekani haqida bahslar hali ham davom etmoqda.

Xalqaro savdoga bugungi kunda ikki xil qarash bor.… Toʻliq matn

Iqtisod nazariyasi: pul miqdori va inflyatsiya

XVI asrda Yevropa tinimsiz narxlar oshishidan aziyat chekkan. Oʻsha davr olimlari avvaliga bunga hukumatlar chiqarayotgan tangalardagi qimmatli metallar ulushi borgan sari kamayib borayotgani – buning natijasida pul qadrsizlanib ketganini sabab deb bilishgan. Ammo shu davrda yashagan fransuz huquqshunosi Jan Bodin bunga boshqa sabab borligini taxmin qilgan.… Toʻliq matn

Mulk va mulkdorlik

Iqtisodiy jarayonlarni mulksiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Odamning mulkka qanday munosabatda boʻlishi uning iqtisodiy xatti-harakatlarini belgilaydi. Biz bolalikdan mulkdorlik nimaligini bilamiz – oʻz oʻyinchoqlarimizga egalik qilish istagi bizdagi mulkdorlik hissiga tayangan.

Qadim tarixdan odamlar orasida mulkka uch xil munosabat bildirilgan. Birinchi yondashuvda mulk umuminsoniy boylik hisoblangan va unga hech kim egalik qilmagan.… Toʻliq matn

Masʼuliyatli isteʼmolchi: sunʼiy talab va iqtisod

Iqtisod asosida nima turadi? Menimcha, barcha iqtisodiy jarayonlar ortida isteʼmol turadi. Isteʼmolsiz talab boʻlmaydi, talabsiz – taklif. Bu juda oddiy mantiqiy xulosa.

Demak, iqtisodni tartibga solish uchun avval isteʼmolni – isteʼmolchilar xatti-harakatlarini tartibga solish zarur.

Bugun koʻpchiligimiz masʼuliyatli isteʼmolchi emasmiz. Biz mahsulot va xizmatlarni juda betartib va baʼzan asossiz isteʼmol qilamiz.… Toʻliq matn