Skip to content

Iqtisodchi boʻlsammikan?

Ushbu maqola maktabni endigina bitirayotgan va kelajakda qaysi soha mutaxassisi boʻlishi mumkinligini hal qila olmay, diqqat boʻlib yurgan uka-singillarimiz, yoki oliygohda oʻqib yurgan va egallayotgan sohasidan koʻngli toʻlmay, iqtisod sohasi tomonga qiziquvchanlik bilan bir-bir nazar tashlab qoʻyayotgan uka-singillarimiz — umuman, bir kun uyqudan turib, iqtisod sohasi nima ekan degan savolni miyasidan hayday olmay yurgan doʻstlarimiz uchun maxsus yozildi.… Toʻliq matn

Kapitalizm va sotsializm: yakuniy maqsad nima?

17-19-asrlar davomida koʻplab qonli inqiloblar va qoʻzgʻolonlar doyaligida dunyoga kelgan kapitalizm oʻz hayotining birinchi yuz yilligini nishonlamay turib, jiddiy tanqidga uchray boshladi. Mana shu tanqid oʻti taftida kapitalizmning fundamental raqibi — sotsializm unib chiqdi. Shundan beri ikkisi hech kelishishni ham, yutqazishni ham istamay, jon olib, jon berib olishib kelmoqda.… Toʻliq matn

Korona va kapitalizm: jismoniy va ruhiy xastalik

Bugungacha yer yuzida yarim milliondan ortiq oʻlimlarga sabab boʻlgan bu pandemiya barchamizga jiddiy savollar berish uchun yetarlicha asos. Mana shunday jiddiy zarbalar, global tushkunlik va tanglik davrida insoniyat ongining oʻsishi jadallashishini tarix koʻp marta isbotlagan. Biz ham koʻpchiligimiz haligacha jiddiy qaramayotgan karantin voqeligidan bir oz chalgʻib, vaziyatga iqtisodiy-evolyutsion nuqtadan nazar tashlab koʻraylik.… Toʻliq matn

7Qadam turkumi

Bugungacha 50 mingdan ortiq oʻquvchilar eʼtiborini qozongan kitoblar toʻplamini eʼtiboringizga havola qilaman.

Oʻzlik sari yetti qadam turkum kitoblarini PDF yoki EPUB koʻrinishida yuklab olishingiz mumkin:

Lotin yozuvidaKirill yozuvida
Birinchi kitobPDF / EPUB PDF / EPUB
Ikkinchi kitob PDF / EPUB PDF / EPUB
Uchinchi kitob PDF / EPUB PDF / EPUB
To’rtinchi kitob PDF / EPUB PDF / EPUB
Beshinchi kitob PDF / EPUB PDF / EPUB
Oltinchi kitobPDFPDF

GM monopoliyasi: bu proteksionizm nimani himoya qilyapti?

Bugun koʻpchilik avtohavaskorlarni ijtimoiy faol boʻlib, erkin fikr bildirishga undayotgan mavzulardan biri bu GM monopoliyasini tugatishga boʻlayotgan kichik-kichik qadamchalar.

Prezident GM faoliyatini tanqid qilganidan keyin, Monopoliyaga qarshi kurash qoʻmitasi “birdan” uning ishi aslida nima ekanini eslab qolib, shu sunʼiy monopoliyani tugatish shijoati bilan yona boshladi.… Toʻliq matn