Skip to content

Iqtisod nima o’zi?

Koʻpchilikdan “Iqtisod qanday soha?” deb soʻrasam, “Hisob-kitob qiladigan soha” degan javob olaman. Albatta, iqtisodni hisob-kitobsiz tasavvur qilish qiyin. Lekin iqtisod – ijtimoiy fan. U jamiyatshunoslikning bir qismi.

Iqtisod faniga darsliklarda keltirilgan taʼrifni chetda qoldirib, keling, unga oddiy tavsif berishga urinib koʻramiz.

Iqtisod – jamiyatning hamma aʼzolari uchun farovon hayot yaratish usul va vositalarini oʻrganadigan va amalda qoʻllaydigan soha. Iqtisodning yagona maqsadi – jamiyatning har bir aʼzosi uchun yaxshi turmush tarzini yaratish. Ana shu asosiy maqsaddan boshqa ikkilamchi maqsadlar kelib chiqadi: iqtisodiy rivojlanishni taʼminlash, ishlab chiqarishni rivojlantirish, barchani ish bilan taʼminlash va hokazo.

Bugun oliygohlarda iqtisod yoʻnalishi boʻyicha tahsil olayotgan koʻpchilik talabalar iqtisodni nazariy jihatdan chuqur oʻrganib, shu bilimlarni amalda qoʻllashga kelganda ozgina qiynalishadi. Ushbu turkum maqolalarda men qoʻldan kelgancha va oʻz bilimlarim doirasida iqtisodiy nazariya va amaliy iqtisod oʻrtasida bogʻliqlikni koʻrsatishga harakat qilaman.

Koʻpchilik orasida yana bir xato tushuncha bor: iqtisod asosida pul turadi. Yoʻq – iqtisod asosida manbalar (resurslar) turadi – pul ularning harakatini taʼminlovchi vosita, xolos. Savdo – iqtisodning katta qismi, lekin u iqtisodning asosi emas. Ibtidoiy jamoada savdo boʻlmagan. Odamlar oʻz ehtiyojlarini qoplash uchungina mehnat qilishgan. Jamoa orasida shu jamoa ehtiyojlarini qondirish uchun mehnat taqsimoti boʻlgan: Ayollar nasl tarbiyasi va termachilik bilan mashgʻul boʻlsa, erkaklar ov va jamoa xavfsizligini taʼminlash bilan band boʻlgan. Bunday iqtisodda pul kerak boʻlmagan va iqtisod tabiiy qonunlar asosida qurilgan.

Yuqoridagi misoldan birlamchi ehtiyojlar nima ekani yaqqol tushunarli. Oziq-ovqat, boshpana va yashab nasl qoldirish uchun xavfsiz sharoit – bizning birlamchi (tabiiy) ehtiyojlarimizdir. Faqatgina tabiiy ehtiyojlarni qondirish uchun ishlaydigan iqtisod – tabiiy iqtisoddir (tabiiy fenomen).

Pulga (yoki uning oʻrnini bosadigan narsaga) zarurat mehnat natijasida topilgan mahsulotlar birlamchi ehtiyojlarni qondirib, ortib qolganda paydo boʻlgan. Qishloq xoʻjaligi rivojlangani sayin, yetishtirilayotgan mahsulot koʻpayib borgan. Bir qabilada ortiqcha bugʻdoy toʻplanib qolsa, boshqasida ortiqcha meva-sabzavotlar yigʻilgan. Ikki qabila oʻrtasida shu mollarni ayirboshlash (barter) boshlangan.

Bu jarayon jamoa oʻrtasida ijtimoiy tabaqalanishga olib kelgan. Endi savdo orqali boshqalarga nisbatan koʻproq manbaga (resursga) ega boʻladigan odamlar paydo boʻlgan. Bunda tabiiy resurslar odamlarning nafaqat tabiiy ehtiyojlarini – balki ijtimoiy talablarini ham qondirishga safarbar qilingan. Mana shu bosqichda ijtimoiy iqtisod (sotsial fenomen) yuzaga kelgan.

Siz bilan biz oʻrganadigan iqtisod – ijtimoiy iqtisod. Toʻgʻri, bugungi iqtisod ibtidoiy tuzum iqtisodidan ancha murakkab. Lekin uning asosida oʻsha minglab yillar avvalgi iqtisodni boshqargan qonuniyatlar va tamoyillar yotadi. Shunday ekan, iqtisodni tushunish uchun biz juda oddiy tushunchalar va misollardan foydalanamiz.

17 thoughts on “Iqtisod nima o’zi?”

  1. Juda ajoyib sharh. Lekin nima deb o’ylaysiz hozirgi kunda iqtisod odamlarda uning’ asosiy mantig’ pul tushuniladi.
    Menda savol shunday: Iqtiso-Siyosat yoki qay biri ustun?
    Yuqorida Iqtisod tushunchasiga bergan sharhingizda siz mutlaqo haqsiz. Shu fikrni qullab-quvvotlayman.

    1. Iqtisodiyot ustun Siyosatdan,chunki adamlar avvalham hozrham iqtisodiyot uchun siyosat qiladi.
      Shaxsiy fikrim.

  2. assalawma aliykum hammaga sizlarga bitta savolim borde iloji bolsa javob aytsangizlar.
    iqtisid odobi nima ozi ???
    unga nimalar kiradi ???

  3. Иктисод хар доим сиёсатдан устун булиши кере сиёсат куп холларда шунчаки хужжатларда колиб кетади

  4. Assalomu aleykum, xonimlar va janoblar. Bitta aniqlik kiritmoqchi edim. Menimcha iqtisod bu tejash, экономия, iqtisodiyot esa bu soha экономика. Nega shuni aralashtirishadi? tushunmiman….

  5. kõpchillikdan iqtisod nima õzi deb sõrasam hisob kitob qiladigan soha degan javob olaman albatta iqtisodni hisob kitobsiz tasavvur qilish qiyin lekn iqtisod ijtimoiy fan. U jamiyatshunoslikning bir qismi.

Sarvinozga fikr bildirish Javobni bekor qilish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan