Skip to content

mikroiqtisodiyot

Samarali iqtisod: mehnat taqsimoti

Iqtisodning asosiy maqsadlaridan biri maksimal samaraga erishish. Bu tamoyil mavjud resurslardan imkoni boricha naf olishga xizmat qiladi. Mehnat – eng katta ekonomik resurs hisoblanadi. Undan samarali foydalanish, uni eng optimal usulda ishlatish juda katta iqtisodiy naf olib keladi.

Insonlarning mehnat qobiliyatlaridan oqilona foydalanishning bugunga qadar tan olingan eng yaxshi usuli – bu mehnat taqsimotidir.… Toʻliq matn

Iqtisod nazariyasi: kamayib boruvchi qo’shimcha naf

Biznes iqtisodining asosiy maqsadi mavjud resurslardan samarali foydalanish. Har qanday biznesning moliyaviy, moddiy va mehnat (ishchi) resurslari cheklangan boʻladi va tashkilot iqtisodchisining birlamchi vazifasi ana shu resurslardan optimal foydalangan holda, firma daromadini iloji boricha oshirish.

Bu vazifani bajarishda kamayib boruvchi qoʻshimcha naf qonunini hisobga olish iqtisodchiga juda qoʻl kelishi mumkin.… Toʻliq matn

Mulk va mulkdorlik

Iqtisodiy jarayonlarni mulksiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Odamning mulkka qanday munosabatda boʻlishi uning iqtisodiy xatti-harakatlarini belgilaydi. Biz bolalikdan mulkdorlik nimaligini bilamiz – oʻz oʻyinchoqlarimizga egalik qilish istagi bizdagi mulkdorlik hissiga tayangan.

Qadim tarixdan odamlar orasida mulkka uch xil munosabat bildirilgan. Birinchi yondashuvda mulk umuminsoniy boylik hisoblangan va unga hech kim egalik qilmagan.… Toʻliq matn