Bozorni boshqarish kerakmi? 2-qism: Keynescha yondashuv
Adam Smitning davlat nazoratisiz oʻz-oʻzini taʼminlaydigan erkin bozor haqidagi gʻoyalari asosida klassik iqtisod nazariyasi shakllandi va amalda qoʻllandi. Unga koʻra, yalpi taklifdagi (aggregate supply) oʻzgarishlar oʻzini oʻzi toʻgʻrilash xususiyatiga ega. Klassik iqtisodchilar yalpi taklif tushsa, ishsizlik kelib chiqadi, bu esa maoshlar va narxlarni pasaytiradi, natijada mahsulot, xizmat va ishchi kuchiga boʻlgan yalpi talab ortadi va bu ishsizlikni kamaytirib, iqtisodiy oʻsishni avvalgi holiga qayta tiklaydi deb hisoblashgan.… Toʻliq matn