Skip to content

savdo

Ukrainadagi urushning Oʻzbekiston ichki bozoridagi narxlar barqarorligiga taʼsiri

Alohida milliy iqtisodlar bir-biriga koʻp jihatdan tobe boʻlgan bugungi global muhitda bir davlatning boshqasiga qilgan harbiy tajovuzi asoratlarini hamma birdek his qiladi. Ukrainada roʻy berayotgan hodisalar ham bugun dunyoning turli burchaklarida kutilmagan oqibatlarga olib kelmoqda. Masalan, Rossiyaning Ukrainada boshlagan urushi natijasida Afrikaning bir nechta mamlakatlarida oziq-ovqat taqchilligi yuzaga kelib ulgurdi[1].… Toʻliq matn

Masʼuliyatli isteʼmolchi: sunʼiy talab va iqtisod

Iqtisod asosida nima turadi? Menimcha, barcha iqtisodiy jarayonlar ortida isteʼmol turadi. Isteʼmolsiz talab boʻlmaydi, talabsiz – taklif. Bu juda oddiy mantiqiy xulosa.

Demak, iqtisodni tartibga solish uchun avval isteʼmolni – isteʼmolchilar xatti-harakatlarini tartibga solish zarur.

Bugun koʻpchiligimiz masʼuliyatli isteʼmolchi emasmiz. Biz mahsulot va xizmatlarni juda betartib va baʼzan asossiz isteʼmol qilamiz.… Toʻliq matn